Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015 yildan o'z ishini boshlaydi
Rossiya, Belarus va Qozog'iston 2015 yildan o'zaro hamkorlikning yangi bosqichiga o'tadi, ya'ni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) haqidagi kelishuv 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu haqida “ria.ru” xabar bermoqda.

Ushbu ittifoqga a'zo davlatlar o'z hududlarida mahsulotlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchining erkin harakatlanishi, iqtisodiyotning energetika, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, transport kabi muhim sohalarida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirishni kafolatlaydilar. YeOII kelishuvida 2016 yilda dori-darmon va tibbiyot mahsulotlarining umumiy bozorini tashkil etish ko'zda tutilgan.

Shu tariqa, iqtisodiy rivojlanishning yangi kuchli markaziga aylanadigan, 170 mln kishini qamrab olgan MDH hududidagi eng yirik umumiy bozorning shakllanishi o'z nihoyasiga yetmoqda.

EOII shtab-kvartirasi Moskvada, moliyaviy muvofiqlashtirish idorasi Olma-otada, sud idorasi esa Minskda joylashadi. Ittifoqqa 2015 yilda Belarus raislik qiladi.

Shuningdek, 2014 yilning oktyabr oyida Armaniston va dekabr oyida esa Qirg'iziston YeOIIga qo'shilishi haqidagi kelishuv imzolangan, lekin bu 2 davlat uchun 1 yildan 8 yilgacha o'tish davrini o'tash belgilab qo'yilgan.

Manba: www.kun.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2015 / 17:30
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™