Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Kuyov o'z to'yini buzish uchun bomba haqida xabar berdi
Britaniyaning Liverpul shahrida istiqomat qiluvchi 36 yoshli fuqaro, mahalliy politsiyaga nikoh zaliga qo'yilgan bomba haqida xabar bergan holda, o'zining nikoh to'yini buzishga uringani uchun bir yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kuyov bu ishni tantanali marosimga oldindan zal buyurtma qilishni unutgani uchun qilgan. U bo'lg'usi rafiqasining g'azabidan qo'rqib, terakt haqida anonim qo'ng'iroqni amalga oshirgan.

Yosh kelin-kuyov va mehmonlar Sent-Jorj-Xollga kelganida, binoni politsiya o'rab olib, u yerda kinologlar va sapyorlar ishlayotgandi. Shu tarzda, to'y buzildi. Hech qanday bombani topmagan politsiyachilar shu kuni telefon budkasidan qilingan qo'ng'iroqni aniqlab, “hazilkash”ning ismini e'lon qildi. U kuyov Nil Makardl bo'lib chiqdi.

Yolg'on xabar uchun Nil bir yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Qiz esa kuyov bolani kutishga va'da berdi.

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:04
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™