Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Singapur Respublikasi delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Singapur Respublikasi Bosh vaziri idorasidagi vazir, tashqi ishlar bo'yicha ikkinchi vazir, atrof-muhit va suv resurslari bo'yicha ikkinchi vazir Greys Fu rahbarligidagi delegatsiya 24 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muzokara o'tkazdi.

Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda izchil taraqqiy etmoqda, deb xabar beradi O'zA. Mamlakatimizda singapurlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 32 korxona faoliyat yuritmoqda. Ular energetika, yengil sanoat, oziq-ovqat, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish kabi sohalarga ixtisoslashgan. Fan va ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz BMT va boshqa qator nufuzli xalqaro siyosiy va moliyaviy institutlar doirasida faol hamkorlik qilib kelayotgani qayd etildi. O'zbekiston bilan Singapur o'rtasidagi aloqalarning bugungi ahvoli va istiqboli, idoralararo munosabatlarni kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi. Kelgusida o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyaviy sohadagi aloqalarni kengaytirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etgan holda qator qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.

Singapur delegatsiyasi mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o'tkazadi.

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:04
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™