Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
AQSh politsiyachilari o'yinchoq avtomat ko'targan o'smirni otib tashladi
AQShda 13 yoshli o'smir o'yinchoq qurolini tashlashdan bosh tortgani uchun otib tashlandi.

Fojia Santa-Rosa shahrining (Kaliforniya shtati) markaziy ko'chalaridan birida yuz berdi. Bola shahar ko'chalarida hech narsadan xavfsiramasdan “Kalashnikov AK- 47” avtomatining o'yinchoq nusxasi va beliga taqilgan plastmassa to'pponcha bilan yurgan. Shaharda patrullik qilayotgan politsiyachilarning navbatchi brigadasi o'smirni to'xtatadi. Keyin politsiyachilardan biri undan qurolni yerga tashlashni talab etadi. Tartib posbonini o'smirning yoshi ham, u qo'lida AK-47 ko'rinishidagi 3,5 kilogrammlik “avtomat”ni yengilgina ko'tarib turgani ham dovdiratmaydi.

Navbatchi brigada a'zolaridan biri, leytenant Dennis O’Lirining so'zlariga ko'ra, buyruq bir necha bor yangragan, shundan so'ng zobitlar bolani otib tashlagan. Biroq voqea guvohlarining aytishicha, politsiyachilar qurolni tashlashni qat'iy talab qilmagan va bu buyruq yangraganidan keyin deyarli darhol o'q otilgan. Ammo bu bilan amerikalik politsiyachilarning g'alati xatti-harakatlari tugamagan. 13 yoshli bolani otib tashlaganidan so'ng ular o'smirning qo'llariga kishan taqqan va shundan so'nggina uning o'limini qayd etishgan.

Hozir Santa-Roza politsiyasida ichki tergov boshlandi. Tergov davrida ikkala politsiyachi ham xizmatdan chetlatilishi, ammo ozodlikda qolishi xabar beriladi. Qizig'i shundaki, odil sud politsiyachilar tomonida bo'lishi mumkin. Chunki Amerika qonunlariga ko'ra, agar 13 yoshli bola qo'lidagi o'yinchog'i bilan ularni o'q otishga majbur etgan bo'lsa, politsiyachilar oqlanishi mumkin.

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:06
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™