Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Indoneziyada vulqon “uyg'ondi”: minglab odamlar evakuatsiya qilindi
Sinabung vulqoni otilishi sababli Indoneziyaning Sumatra oroli shimolidan uch mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.
Hozir yaqin atrofda joylashgan qishloqlar balandligi uch metr keladigan kul bilan qoplangan.

Tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurash bo'yicha milliy agentlik ma'lumotlariga ko'ra, hozir vulqon krateridan quyuq tutun chiqmoqda. Hukumat sayyohlardan tog'dan 1,5 kilometr radiusdagi xavfli zonaga yaqinlashmaslikni so'ramoqda.

Deyarli 400 yillik sukutdan so'ng ilk bor vulqon 2010 yil avgustida “uyg'ongan” edi. O'shanda ikki kishi halok bo'lgan, 30 mingga yaqini evakuatsiya qilingan.

Qayd etib o'tamiz, Indoneziyada 130 ga yaqin “uyg'oq” vulqonlar mavjud bo'lib, ularning orasida suv ostida joylashganlari ham bor.

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:07
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™