Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
25 oktyabr poytaxtimizdagi «Grand Mir» mehmonxonasida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy hamkorlik” loyihasi ikkinchi marotaba O'zbekistonning ijtimoiy korxonalari rahbarlarini yig'di.

Davra suhbati davomida ijtimoiy korxonalar O'zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini, shuningdek “Ijtimoiy korxonalarni tashkil etish va ularning barqaror va samarali rivojlantirish qo'llanmasi”ni muhokama qildilar.

Yurtimizning turli joylaridan yig'ilgan 40 nafar atrofida ijtimoiy korxonalar mutahassislari va rahbarlari ijtimoiy korxonalarning ish kitobiga aylanishi kutilayotgan “Qo'llanmani” yaratish ustida ishlash uchun jam bo'ldilar.

Ushba loyihaning maqsadi - davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik sub'ektlari orasida ijtimoiy hamkorlikning ilg'or shakllari va usullarini ishlab chiqish va qo'llash orqali aholining, ayniqsa ijtimoiy muhtoj guruhlarning bandligini samarali ta'minlashga ko'maklashishdir.

Loyiha doirasida yangi ish joylar mavjud, nogironligi bor odamlar va aholining boshqa himoyaga muxtoj qatlamiga professional o'quvlar tashkil etivchi ijtimoiy korxonalarni tashkil etish tajribasi amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda loyiha ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish borasida ko'zga tashlanarli natijalarga erishdi va ijtimoiy korxonalarning milliy tarmog'i yaratildi. Aynan shu boradagi erishilgan natijalar va faoliyatni yanada qo'llash uchun “Ijtimoiy korxonalarni tashkil etish va ularning barqaror va samarali rivojlantirish qo'llanmasi” nashr etilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:08
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™