Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
2013 yildagi eng ommabop avtomobil ranglari e'lon qilindi
Oq rang 2013 yildagi eng ommabop avtomobil rangiga aylandi. Butun dunyo bo'ylab savdolarning to'rtdan bir qismi shu rangli avtomobillarga to'g'ri kelgan.

Bu haqda lok-bo'yoq materiallarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri bo'lgan "PPG Industries” kompaniyasining tadqiqotiga tayangan holda “Detroit Free Press” ma'lum qiladi.

Oq rang global avtomobil bozorida ketma-ket uch yildan buyon yetakchilikni qo'ldan chiqarmasdan kelmoqda. 2011 yilda u 11 yil davomida yetakchilik qilib kelgan kumush rangning o'rnini egallagandi. Uchinchi o'rinda qora rang bormoqda. Undan keyin kulrang, qizil va ko'k ranglar.

Shuningdek, oq rang AQSh avtobozorida ham ommabop bo'lib chiqdi. Bunday rangli yangi mashinalarni amerikaliklarning 21 foizi xarid qilgan. Undan keyin ommabopligi bo'yicha qora (19%) va kulrang (17%) kelmoqda.

Mutaxassislar 2016-2017 yillarda pushti, qirmizi va oltin ranglar kuchayishini taxmin qilyapti. Bu ranglar sharq madaniyatlari, xususan xitoy va koreys madaniyati uchun an'anaviy hisoblanadi, shu bois ishlab chiqaruvchilar mahalliy xaridorlarning ehtiyojni qondirishi kerak.

Bundan oldin BASF kompaniyasining tadqiqoti yashil rang ommabop bo'lib borayotganini ko'rsatgandi. Ekspertlarning fikricha, u hozir urf bo'lgan eko-texnologiyalar bilan uyg'unlikni bildiradi.

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™