Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
“Oltin gepard” haykalchalari o'z egalarini topdi
24 oktyabr kuni “Oltin gepard” Toshkent xalqaro kinoforumining tantanali yopilish marosimi “Istiqlol” san'at saroyida bo'lib o'tdi.

San'at saroyi binosi oldiga yig'ilgan barcha mehmonlar xalqimiz ardog'idagi aktyor, rejissyorlarning bir necha yildan buyon an'anaga aylangan qizil yo'lakchadan o'tishlarini o'zgacha qiziqish bilan tomosha qilishdi. Shundan so'ng “Istiqlol” san'at saroyida haqiqiy shodiyona boshlanib ketdi.

Kinoforumning yopilish marosimiga jahonning mashhur aktyor, rejissyorlari ham tashrif buyurishdi. Ular orasida o'zining ko'plab filmlardagi rollari bilan ko'nglimizdan chuqur joy egallagan frantsiyalik aktyor Fredrik Defental ham bor edi.

Yopilish marosimida hakamlar hay'ati oltita nominatsiya bo'yicha g'oliblarni aniqlab berishdi va ularga olin gepard haykalchalari topshirildi. G'oliblar mukofotni jahonning mashhur yulduzlari qo'lidan qabul qilib olishdi.

Mukofot sohiblari:

“Eng yaxshi to'liq metrajli film” “Kuzatuv minorasi” (Turkiya)
“Eng yaxshi qisqa metrajli film” “Parvane” (Shveytsariya)
“Eng yaxshi animatsion film” “Ota” (Germaniya)
“Eng yaxshi rejissyor” “Leyla bilan tanishuv” filmi rejissyori Adel Yarage (Eron)
“Eng yaxshi erkak roli” Baxtiyor Qosimov (O'zbekiston)
“Eng yaxshi ayol roli” Nuo Ming Huari (Xitoy)

Manba: www.darakchi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:13
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™