Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
AQSh dunyoning 35 nafar yetakchisi telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatgani ma’lum bo‘ldi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) dunyoning 35 nafar yetakchisi telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatgan. Bu haqda The Guardian nashri Edvard Snoudendan olingan maxfiy hujjatlarga tayanib xabar qildi.

35 nafar dunyo yetakchilari telefon raqamlari ismi sir tutilayotgan amerikalik yuqori mansabdor shaxs tomonidan MXAga taqdim etilgan 200 raqamdan iborat ro‘yxat tarkibida bo‘lgan. Ular darhol yashirincha tinglana boshlagan, deyiladi nashr xabarida. Aynan qaysi davlat rahbarlarining suhbati kuzatilgani haqida esa ma’lumot berilmagan.

The Guardian qo‘liga kelib tushgan MXA xizmat qaydlari 2006-yilga tegishli bo‘lib, unda agentlikning “mijozlari”, ya’ni Oq uy, AQSh Davlat departamenti, Pentagon va boshqalar o‘zlarida mavjud telefon raqamlari ro‘yxatini MXA Radiorazvedka boshqarmasi bilan bo‘lishishi lozimligi aytiladi. 200 ta telefon raqamining taqdim etilishi bunday hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi sifatida tilga olinadi.

MXA va AQSh hukumati vakillarining bu ma’lumotga bildirgan munosabatlari haqida hozircha hech qanday xabar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Der Spiegel nemis nashrining AQSh maxsus xizmati Germaniya kansleri Angela Merkelning telefon suhbatlarini tinglagan bo‘lishi mumkinligi haqida bergan ma’lumotidan so‘ng, Merkel AQSh prezidenti Barak Obamaga vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida qo‘ng‘iroq qilgan. Obama, o‘z navbatida, Merkelga AQSh maxsus xizmatlari uning telefon qo‘ng‘iroqlarini yashirincha kuzatmaganini bildirgan.

Ta‘kidlash joiz, Der Spiegel nashri o‘z tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, Merkelning telefoni yashirincha tinglanayotgani haqida e’lon qilgan. Tadqiqot materiallari Germaniya razvedkasiga yuborilgan. Razvedka dalillarning yetarlicha asosga ega ekanligini ma’lum qilgach, Merkel Obamaga o‘z xavotirini bildirishni lozim topgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™