Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Biologlar yer ostida yashovchi zaharli qisqichbaqasimon jonzotni topdi
Buyuk Britaniya, Germaniya va Meksikaning xalqaro biologlar guruhi ilk zaharli qisqichbaqasimon jonzot turini topishdi, deb yozadi “Molecular Biology and Evolution” jurnali.

Speleonectes tulumensis deb nomlanuvchi bu jonzot ov qilishda o‘z zahridan foydalanadi. Ushbu jonivor Meksika va Markaziy Amerikaning boshqa mamlakatlari hududidagi g‘orlarning yerosti ko‘llarida yashaydi.

Bu jonzot tegishli bo‘lgan remipediyalar sinfi (Avstraliyada va Karib dengizidagi dengiz g‘orlarida yashaydigan ko‘r qisqichbaqasimonlar sinfi) uzoq vaqtdan beri qirilib ketgan, deb hisoblangan. Biroq, 1955-yilda olimlar uning namunalarini topgan. 1980-yilda Speleonectes tulumensis nomli turi aniqlanganda, zoologlar uning zaharli ekanligini gumon qilgan edi. Biroq ular qidirib topish qiyin bo‘lgan yerosti ko‘llarida yashagani bois, zaharliligini aniqlash mumkin bo‘lmagan. Faqat yaqinda jonivor organizmini tadqiq qilish natijasida zahar ishlab chiqaruvchi bezlarini topishga erishildi.

Mazkur jonivor zahrining odamga xavfi bor-yo‘qligi haqida ilmiy maqolada ma’lumot keltirilmagan. Biroq, remipediyalarda sut emizuvchilarga ta’sir qiladigan zahar ishlab chiqarish xususiyati taraqqiy etmagan bo‘lishi kerak, chunki ular shu paytgacha odamlar bilan to‘qnash kelmagan, deyiladi maqolada.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™