Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Bilayn-O'zbekiston" mish-mishlar ustidan Bosh prokuraturaga ariza beradi
"Bilayn-O'zbekiston" jamoatchilik bilan aloqalar xizmati boshlig'i Oraz Abdurazakov kompaniya lisenziyasi chaqirib olingani to'g'risidagi mish-mishlar yuzasidan rasmiy izoh berdi. Bu haqda "Gazeta.uz" internet-nashri xabar bermoqda.

"Bugun "Bilayn-O'zbekiston" abonentlari SMS orqali va WhatsApp hamda Viber messenjerlari vositasida tarqatilgan firibgarlik spam-xabarnomasi qurboniga aylanishdi. Unda berilgan yolg'on axborot haqiqatga mos kelmaydi, buning yolg'onligini, shuningdek, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo'mitasi vakillari ham tasdiqlashdi", – deyiladi "Bilayn-O'zbekiston" vakili bayonotida.

"Bilayn-O'zbekiston" lisenziyasi raqami ommaviy tarqatilgan xabardagi raqamdan farq qiladi. Xuddiki ushbu buyruqni chiqargan tashkilot esa ko'pdan beri umuman boshqacha nomlanadi va mutlaqo boshqa maqomga ega. Shunday ekan, bu juda qo'pol soxtalikdir", – deya qayd etdi Oraz Abdurazakov.

"Biz o'z mijozlarimizni uydirmalarga ishonmaslikka chaqiramiz. Kompaniya odatiy rejimda ishlashda davom etmoqda, bundan tashqari, aynan hozir keng miqyosli sovrinli aksiyaga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Ayni vaqtda kompaniyamiz huquqshunoslari ushbu yolg'on xabarnomalar yuzasidan O'zbekiston Bosh prokuraturasiga ariza tayyorlamoqdalar. Mas'ul organlar ushbu uydirma ortida turganlarni topa olishlariga ishonchim komil", – deya qayd etib o'tdi "Bilayn-O'zbekiston" vakili.

"Gazeta.uz"ning qayd etishicha, avvalroq O'zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo'mitasi mish-mishlarni rasman rad etib chiqqandi. "Bilayn-O'zbekiston"ning o'zi esa abonentlarga mish-mishlarga ishonmaslik haqida SMSlar jo'natishni boshlagan.

Manba: www.kun.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.10.2013 / 22:19
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™