Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Oq yo‘l sizga, yosh ofitserlar!
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy-o‘quv muassasalarida bitiruvchilarga diplom topshirish va ofitser unvonini berishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda zamonaviy qurol-aslaha va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllandi. Zamonaviy kasb ko‘nikmasi, yuksak intellektual salohiyatga ega ofitser kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2005-yil 19-aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi Qurolli Kuchlarni yuksak intellektual salohiyatga ega malakali ofitserlar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga muvofiq oliy harbiy muassasalarda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, harbiy kasb nufuzini oshirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safi Vatanini himoya qilishga har doim tayyor, sodiq va qobiliyatli mutaxassislar bilan to‘ldirilmoqda.

– Bolaligimdan harbiy bo‘lishni orzu qilganman, – deydi Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini a’lo baholar bilan tamomlagan Jizzax viloyati Baxmal tumanidan leytenant Baxtiyor Sindorov. – O‘qish davrida kasbni to‘g‘ri tanlaganimga ishonch hosil qildim. Qurol-aslaha va harbiy texnikadan foydalanishni o‘rgandim, umumta’lim fanlar bo‘yicha bilimimni boyitdim, mamlakatimizning turli hududlaridan ko‘plab do‘stlar orttirdim. Bilim yurtida o‘rganilayotgan materialni mustahkam o‘zlashtirish uchun barcha sharoit mavjud, mashg‘ulotlarni yuqori malakali o‘qituvchilar olib bordi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti bitiruvchilariga ham diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Bu yerda 1993-yildan buyon telekommunikatsiya va radiotexnologiyalar sohasida harbiy mutaxassislar tayyorlanmoqda. Fakultetda axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda, o‘qitishning zamonaviy uslub hamda shakllari joriy etilgan, darslar yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan universitet prorektori T.Teshaboyev va boshqalar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikka munosib bo‘lish har bir ofitserning burchi ekanini ta’kidladi.

– Vatanni himoya qilish, jonajon zamini va xalqini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash har bir yigitning burchidir, – deydi leytenant Akmal Ochilov. – Bolaligimdan sport, elektronika va radiotexnika bilan muntazam shug‘ullanib kelaman. O‘qish davomida o‘z bilimimni kengaytirish barobarida sharafli kasbni chuqur egalladim, kuchli va qat’iyatli bo‘ldim. Davlatimiz rahbariga biz, yoshlarga qaratayotgan e’tibor uchun katta rahmat.

Manba: www.naesmi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.06.2013 / 22:03
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™