Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Mamlakatimizda “Sog'lom bola haftaligi” boshlandi
Tashkilotchilarning so'zlariga qaraganda, ushbu tadbir bolalarni birlamchi tibbiy-profilaktika tekshiruvidan o'tkazish va aniqlangan kasalliklarni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida o'tkaziladi. Haftalik doirasida ikki yarim millionga yaqin bolalar qamrab olinishi rejalashtirilgan. Buning uchun O'zbekiston tibbiyot muassasalari YuNISYeFdan tarkibida A vitamini bo'lgan preparatlarni olishgan. Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, A vitamini ko'rish qobiliyati, suyaklar, teri va soch salomatligi hamda immun tizimining ishlashi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. 29 iyunga qadar davom etadigan haftalik doirasida mazkur preparat bilan besh yoshgacha bo'lgan bolalar bepul ta'minlanadi. Bundan tashqari, ko'krak suti bilan emizishning ahamiyati, vitamin A saplementatsiyasi hamda gelmintlarga qarshi profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.

Manba: www.naesmi.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 25.06.2013 / 22:04
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™