Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
Qozog‘iston BMTga aksilterror operatsiyalarini o‘tkazish davomida o‘zini tutish kodeksini taklif etadi
Qozog‘iston BMTga a’zo davlatlarga xalqaro aksilterror operatsiyalarini o‘tkazish davomida o‘zini tutish kodeksini ishlab chiqishni taklif etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik kengashidagi munozaralar chog‘ida o‘qib eshittirilgan murojaatida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

“BMT va Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlarga xalqaro aksilterror operatsiyalarini o‘tkazish davomida o‘zini tutish Ostona kodeksini ishlab chiqishni taklif etishni rejalashtirmoqdamiz. Hujjat BMT shafeligida Global aksilterror koalitsiyasini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, — deyiladi murojaatda.

Qozog‘iston rahbari xalqaro terrorizm va ekstremizm bugungi kunda “tinchlik hamda xavfsizlik uchun eng asosiy, dolzarb chaqiriq” ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashining 2017—2018-yillardagi doimiy bo‘lmagan a’zosi maqomini olgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 18:13
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Xabar.Org™
waplog