Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
Janubiy Koreya ekspertlari KXDR 2016-yilda 10 kilogramm plutoniy olganini ma’lum qildi
KXDR 2016-yilda ishlab chiqqan yadro yoqilg‘isini qayta ishlash yo‘li bilan 10 kilogramm atrofida plutoniy oldi. Bu haqda 11-yanvar, chorshanba kuni Janubiy Koreyada chop etilgan mudofaa masalalari bo‘yicha “Oq kitob”da ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

“Shu tariqa, Shimolning umumiy zaxiralari 50 kilogramm plutoniyni tashkil etmoqda. Bu esa 10 ta yadro zaryadi yaratish uchun yetadi”, — deyiladi hujjatda.

Ekspertlar yuqori darajada boyitilgan uran olish bo‘yicha KXDR dasturining yuksak samaradorligiga ham e’tibor qaratdi.

“Oq kitob”da Pxenyan o‘tgan yili eskirgan SCUD raketalarining takomillashgan ko‘rinishi bo‘lgan yangi SCUD-ER ballistik raketalariga ham ega bo‘lgani bildirilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 18:13
Bosh sahifaga
© 2013-2017, Xabar.Org™
waplog