Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
Finlyandiya bosh vaziri farzandlari aksiyador bo‘lgan kompaniya manfaatlarini ilgari surishda ayblandi
Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya Hindistonga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida farzandlari aksiyador bo‘lgan Chempolis kompaniyasi delegatsiya tarkibiga kiritilganini bilgan va kompaniya yirik shartnomani qo‘lga kiritishiga ko‘mak bergan. Bu haqda mahalliy OAVlar ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

2016-yil fevralida Sipilya Finlyandiyaning 17 ta kompaniya va tashkiloti vakillari bilan Hindistonga borgan. Delegatsiya tarkibiga egalari qatorida bosh vazirning yaqin tanishlari va katta farzandlari bo‘lgan Chempolis xodimlari ham kiritilgandi. Tashrifning so‘nggi kuni kompaniya Hindiston shimolida biomassadan yoqilg‘i ishlab chiqaradigan zavod qurilishi uchun 110 million yevroga teng shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Yuxa Sipilyaning o‘zi bu ayblovlarni rad etmoqda.

Bunday safarlarga boradigan kompaniyalar ro‘yxatini men emas, fin biznesining xalqaro bozorlarga chiqishiga yordam beradigan Finpro tashkiloti tuzadi. Chempolis ham tarkibga kiritilganini bilardim, biroq ro‘yxatdan chiqarib tashlash uchun asosim yo‘q edi. Bu tenglik tamoyiliga zid bo‘lardi.

Hozirda mamlakat adliya kansleri ofisi va parlament ombudsmeni mazkur masalaga oydinlik kiritish bilan shug‘ullanmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 18:15
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Xabar.Org™
waplog