Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
OTMKda yangi mis erituvchi pech o‘rnatildi
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodi metallurgiya sexida yangi mis erituvchi pech ishga tushirildi. Ayni paytda ishlatish va sozlash tadbirlari ketmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qurilish 2015-yili boshlangan edi. Loyiha yiliga 17 ming tonna misni qabul qilish quvvatiga ega mis eritish pechi qurilishini nazarda tutgan edi.

92 million dollar qiymatdagi shartnoma Germaniyaning Dobersek Engineering kompaniyasi tomonidan imzolandi. Moliyalashtirish O‘zbekiston qayta tiklash va rivojlanish jamg‘armasi, OTMKning o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan amalga oshirildi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 18:15
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Xabar.Org™
waplog