Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
Rossiyada taqiqlangan saytlarni bloklashdan bosh tortuvchi provayderlar jarimaga tortiladigan bo‘ldi
Rossiya Davlat Dumasi deputatlari taqiqlangan saytlarni bloklashdan bosh tortuvchi provayderlar jarimaga tortish to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Mansabdor shaxslar uchun jarima miqdori 3–5 ming rublni, yuridik shaxsni ta’sis etmagan tadbirkorlar uchun 10–30 ming rublni, yuridik shaxslar uchun 50–100 ming rublni tashkil qiladi. Taqiqlangan saytlar reyestridan chiqarilgan resurslarga kirishni qaytadan ochib qo‘ymagan provayderlar ham shunday jarimaga tortiladi.

Rossiyada taqiqlangan saytlar yagona reyestri 2012-yili tuzilgan edi. Ro‘yxat har kuni yangilanib turibdi. Endilikda provayderlar shu reyestr asosida saytlarga kirishni cheklashga majbur bo‘ldi.

Qonun loyihasi 2015-yili aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, hukumat tomonidan 2016-yili ma’qullangan edi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 18:15
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Xabar.Org™
waplog