Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
Meksikada ikki boshli go‘dak tug‘ildi
Meksikaning Syudad-Xuares shahrida (Chiaua shtati) ikki boshli go‘dak dunyoga keldi. Uning oilasi bola aks etgan videolavhani internetga joylashtirdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Go‘dak haqida boshqa ma’lumot yo‘q. Shuningdek, uning ota-onasi haqida ham hech qanday axborot berilmayapti.

Shifokorlar mutatsiyaning sabablarini aniq ayta olmayapti. Ular go‘dakka kim sifatida — Siam egizaklari yoki ikki boshli bir kishi — qarashni hozircha bilmayapti.

G‘ayritabiiy go‘dak uzoq yashamadi — u tug‘ilganidan ikki kun o‘tib hayotdan ko‘z yumdi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 22:39
Bosh sahifaga
© 2013-2017, Xabar.Org™
waplog