Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
BMT agentliklari Orol boʻyidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda
BMT agentliklari Orol boʻyidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda. Bu haqda “Daryo”ga BMT agentliklari vakili ma’lum qildi.

BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan va BMTning agentliklari amalga oshirayotgan “Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko’rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qoʻshma dastur uch yil mobaynida uchta namunali tumanlarida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga koʻmaklashadi. Mazkur fond hisobiga Qoraqalpogʻistonda ilgari, 2012–2016-yillarda amalga oshirilgan tashabbuslar tajribasidan kelib chiqqan holda, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi yangi Qoʻshma dasturni amalga oshirish uchun eng katta ekologik xatar hududida joylashgan va aholisi 123 ming nafardan koʻproq boʻlgan Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Shumanay tumanlarini namunali hududlar deb belgilashni tavsiya qildi.

Shu kunlarda mahalliy aholi uchun tanishtiruv seminarlari orqali fermerlar, qishloq fuqarolari yigʻinlari faollari, turli tuzilmalar va idoralar vakillari hamda xususiy tadbirkorlar ishtirokida dasturni joylarda ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Seminar qatnashchilariga Inson xavfsizligi konsepsiyasiga muvofiq ishning eng muhim jihatlari, uni Orol dengizi qurishining salbiy ta’siri eng koʻp sezilayotgan Qoraqalpagʻistonda qoʻllanishi istiqbollari haqida axborot berilmoqda. Muhokamalar jarayonida har bir tuman uchun oʻziga xos “muammolar shajarasi”ni shakllantira borib, namunali hududlarda ekologik vaziyat oqibatida yuzaga kelgan asosiy muammolarni aniqlash uchun mahalliy aholi bilan interfaol munozaralar ham olib borilmoqda. Shunday qilib, kelgusida, hududdagi murakkab ekologik sharoitlarni inobatga olgan holda, inson xavfsizligi Konsepsiyasi doirasida joylardagi rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, BMT qoʻshma dasturining muhim maqsadlaridan yana biri — Orolboʻyi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ekologik muvozanatni saqlash, flora va faunani tiklash uchun Koʻphamkorlik fondini tuzishda koʻmaklashishdan iboratdir.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 22:40
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Xabar.Org™
waplog