Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
OAV: Xitoy, AQSh Tayvanni tan olsa, undan o‘ch olishi mumkin
Agarda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp “bitta Xitoy” siyosatidan voz kechsa, rasmiy Pekin undan qasos olishi mumkin. Bunday ogohlantirish Xitoy gazetalarida, jumladan, The Global Times’da aks etdi.

Xitoy rasmiylari AQShning yangi rahbariyati Tayvanni tan olishidan cho‘chimoqda, deyiladi maqolada.

“‘Bitta Xitoy’ prinsipiga rioya etilishi — XXRning erkaligi emas, — deyiladi materialda. — AQShning har bir prezidenti, agar Xitoy-AQSh munosabatlarini kerakli darajada ushlab turishni xohlasa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida shakllangan bu tartibni hurmat qilishi kerak”.

“Agar Tramp, mansabga kelgach, bu siyosatdan voz kechsa, xalqimiz hukumatimizdan qasos olishni so‘raydi. Bu muzokaralar mavzusi emas”, — qo‘shimcha qiladi muallif.

Tayvan yetakchisi Say Inven Respublikachi siyosatchilar bilan uchrashish uchun AQShning Xyuston shahriga tashrif buyurgani xitoylik jurnalistlarning xavotiriga sabab bo‘ldi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 22:42
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Xabar.Org™
waplog