Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri kambag‘allikdan nolidi
Kambag‘allik — Rossiya iqtisodiyotining asosiy muammolaridan biridir. Bu haqda mamlakat iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bu faqat ijtimoiy muammo emas, balki iqtisodiy o‘sishga ham jiddiy tahdiddir, zero bugun bizda kam ta’minlanganlarning ko‘pchilik qismi bolali oilalardir”, — dedi amaldor.

Boshqa jiddiy qiyinchiliklar qatorida u demografik inqirozni, investitsiyalar hajmining cheklanganligini, xalqaro kooperatsiya va eksport yo‘lidagi to‘siqlarni, tranzaksion xarajatlarning darajasi yuqoriligini, shuningdek, iqtisodiyotning kattagina qismi soyada ekanligini aytib o‘tdi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 22:42
Bosh sahifaga
© 2013-2017, Xabar.Org™
waplog