Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
WhatsApp’da GIF-animatsiyalar qidiruvi joriy etiladi
WhatsApp messenjerining Android’dagi uskunalar uchun yangi beta-versiyasida animatsion tasvirlarning tezkor qidiruvi funksiyasi paydo bo‘ldi. Endi bitta xabarda 30 taga fayl jo‘natish mumkin, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Androidpolice saytining bildirishicha, 2.17.6 beta versiyadagi WhatsApp’da GIF-tasvirlar qidiruvi joriy etildi. Ularni emodzi smayliklari qatoridan topish mumkin. Tugma bosilganida, mashhur animatsiyalar ro‘yxati ochiladi. Shuningdek, kerakli rasmni qidiruvga berib topish mumkin bo‘ladi.

GIF-fayllar kutubxonasi animatsion tasvirlar to‘plangan ikki mashhur servis — Giphy va Tenor’dan to‘planadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.01.2017 / 22:42
Bosh sahifaga
© 2013-2017, Xabar.Org™
waplog