Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Dizayn guruhining yangi konserti
18—19-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
2018-yil mart—aprel oylarida O‘zbekistonning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18—19-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Hukumat farmoyishi qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Telegram’dagi kanali.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilandi.

Xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:39
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™