Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Dizayn guruhining yangi konserti
Misr politsiyasi donorlik organlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruhni qo‘lga oldi
Misr politsiyasi Qohirada donorlik organlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shifokor va vositachilardan iborat guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Guruhda 7 kishi bo‘lgan. Jinoyatchilar qashshoqlar, qochoqlar va boshqa pulga muhtoj kishilarning ichki organlarini sotishga undagan. Jabrdiydalar ko‘chirib o‘tkazishdan voz kechish yoki politsiyaga yordam so‘rab murojaat qilishga imkon qoldirmaydigan hujjatlarga qo‘l qo‘yishga majbur qilingan.

Joriy yil fevralida ham Misr politsiyachilari inson a’zolari savdosi bilan shug‘ullangan guruhni fosh etgandi. Ular ehtiyojmand kishilarni 25 ming funt (1,4 ming dollar atrofida) evaziga buyragini sotishga ko‘ndirgan. Bundan 5 ming funtini operatsiyagacha berib, qolgan summa yangi donor topib kelganlaridan keyin to‘langan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:40
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™