Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Jef Bezos kosmosga sayohatni hamyonbop qilishga va’da berdi
Amerikalik milliarder Jeff Bezos kosmik bo‘shliqni tatqiq etish uchun milliardlab dollar sarflash niyatida, deb yozadi Bloomberg.

U Amazon’da ishlab topgan daromadini “lotereya yutug‘i” deb atadi va kosmosda harakatlanishni insoniyat uchun hamyonbop qilishga va’da berdi.

Bezos tegishli bayonotni Nyu-Yorkda Bazz Oldrin mukofotini topshirish marosimida ma’lum qildi. Avvalroq u kosmik raketalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi Blue Origin kompaniyasiga milliard dollarga yaqin mablag‘ kiritishini ma’lum qilgan edi.

Bezos pullarining qanchasini kosmos uchun sarflashga tayyor ekanligini ma’lum qilmagan. Uning tanishi milliarder Fredrik Polsenning so‘zlariga qaraganda, bu uning onasini boqish uchun qoldiradigan pullaridan tashqari qolgan barchasi bo‘lishi mumkin.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:42
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™