Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning Nyu-Yorkdagi sessiyasida ishtirok etmoqda
Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning xotin-qizlar ahvoli bo‘yicha komissiyasining 62-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda UNDP Uzbekistan o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 12-mart kuni boshlangan sessiya 23-martga qadar davom etadi. Unda ishtirok etish uchun BMT tizimining vakillari, a’zo davlatlar va dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolik jamiyati vakillari tashrif buyurdi.

Komissiya iqtisodiy va ijtimoiy Kengashning funksional organidir. U xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishi bilan shug‘ullanadi. Uning tarkibidan 45 davlat — BMTga a’zo mamlakatlar o‘rin olgan.

Mazkur komissiya BMT tashkil topganidan so‘ng tuzilgan. 1975-yilda Meksikada birinchi Xalqaro xotin-qizlar anjumani bo‘lib o‘tgan. 1979-yilning 18-dekabrida esa BMT Bosh Assambleyasida ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi konventsiya qabul qilingan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:42
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™