Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
1 km balandlikdan sakrash chog‘ida parashyuti ochilmay qolgan rossiyalik tirik qoldi
Yakutiya (Rossiya)da “Avialesoxrana” korxonasi tomonidan o‘tkazilgan parashyutdan sakrash mashg‘ulotlari chog‘ida xodimlardan birining parashyuti ochilmay qoldi, deb yozadi “MK.ru”. Shunga qaramay, u mo‘jizaviy tarzda omon qoldi.

Hodisa 11-aprel kuni yuz bergan. “Avialesoxrana” xodimlari bir kilometr balandlikdan sakrashni mashq qilgan. Xodimlardan birining parashyuti zarur balandlikda ochilmay qolgan. Oxir-oqibat, yerga qo‘nishga bir necha metr qolganidagina parashyut ochilgan.

Xayriyat, parashyutchi qor uyumi ustiga qulagan. Uni umurtqa pog‘onasi va tos suyaklarining kompression sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotiqizishdi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.04.2018 / 14:49
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™