Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Moskva sudi Rossiyada Telegram’ni bloklashga ruxsat berdi
Moskvaning Taganskiy tuman sudi “Roskomnadzor”ning Telegram messenjerini bloklash haqidagi talabini qanoatlantirdi, deb yozadi Spot.

Qayd etilishicha, servis federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvchilarning yozishmalarini rasshifrovka qilish imkonini beruvchi kalitlarni taqdim etmagan. Telegram kalitlarni 4-aprelga qadar taqdim etishi kerak edi.

Sud ishi 18 minut davom etdi. Sudya Yuliya Smolina “Roskomnadzor” va federal xavfsizlik xizmati vakillari so‘zlarini tingladi. Ular Telegram’ni axborot tarqatishni tashkillashtiruvchilar maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilishi shartligi belgilab qo‘yilgan “Axborot to‘g‘risida”gi qonunni buzishda aybladi.

“Telegram’da tarqatilayotgan ma’lumotlarda ekstremizm, terrorizm kabi g‘oyalarga ega bo‘lishi mumkin. Ular Rossiyaga va barcha fuqarolarga, xususan messenjer foydalanuvchilariga xavf tug‘dirishi mumkin”, — deydi “Roskomnadzor” vakili.

Federal xavfsizlik xizmati vakillari esa nafaqat kalitlarni, balki ularni nima sababdan berish mumkin emasligi haqidagi ma’lumotni ham ololmaganini ta’kidlagan.

Telegram asoschisi Pavel Durov esa yozishmalarni rasshifrovka qilish imkonini beruvchi kalitlar foydalanuvchilarning o‘zlarida saqlanishini aytgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.04.2018 / 18:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™