Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Suriyada sobiq jangarilarga ruhiy ko‘mak ko‘rsatish markazi tashkil etiladi
Suriya hukumati sobiq jangarilarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya markazini tashkil etadi. Bu haqda SAR milliy yarashish vazirligi vakili Yana Xaddur ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Bugun biz o‘z maqomini yaxshilab, vataniga qaytgan sobiq jangarilarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya markazini yaratish ustida ishlamoqdamiz”, — dedi Xaddur.

Uning so‘zlariga qaraganda, mazkur markaz vaqtincha yashash mamlakatlarida yomon sharoitlarda bo‘lgan qochoqlarni qabul qilishdagi alohida holatlar bilan ishlash uchun har tomonlama ta’minotga muhtoj.

“Bunday oilalar uchun reabilitatsiya, shuningdek qo‘shimcha ko‘mak va ijtimoiy ta’minot ko‘zda tutilgan”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:15
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™