Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Jizzaxda olim va kashfiyotchilarning yangi loyihalari taqdimoti tashkil etildi
Jizzaxda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 21-sentabrdagi “2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiya mahalliy kengashlaridagi deputatlar, tadbirkor, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, Jizzax politexnika institutini vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida viloyatdagi olim va kashfiyotchilarning yangi loyihalari taqdimoti ham tashkil etildi. Tadbirkor va fermerlarda shamol elektrostansiyalarini joylashtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha tayyorlangan innovatsion loyiha katta qiziqish uyg‘otdi.

“Bu kabi loyihalar yoshlarning yaratuvchanlik ishtiyoqini oshirmoqda. Tadbirga olimlar va talabalar tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta yangi loyihani olib keldik. Ularning ko‘pchiligi aynan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek oilaviy tadbirkorlarga mo‘ljallangan bu innovatsion g‘oyalarga asoslangan loyihalarni ishlab chiqarishga jalb qilishga harakat qilyapmiz. Bugun taqdim qilgan uskunalarimiz bo‘yicha tadbir ishtirokchilarining bildirgan fikrlari asosida ularni takomillashtirish ishlari olib boriladi”, — deydi Jizzax politexnika instituti prorektori S.Tovboyev.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:16
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™