Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Saudiya Arabistonida qamoqxonadagi jurnalist qiynab o‘ldirildi
Saudiya Arabistonida qamoqxonadagi jurnalist Turki bin Abdul Aziz Al Jazer qiynab o‘ldirildi. Uning o‘limi haqida huquq himoyachilari ma’lum qildi, deb yozadi Son Dakika nashriga tayanib, “Korrespondent.net”.

“Turki bin Abdul Aziz Al Jazer Saudiya qamoqxonalaridan birida qiynab o‘ldirilgan”, — deyiladi xabarda.

OAVlariga ko‘ra, Al Jazer Twitter’da sahifa yuritib, unda Saudiya Arabistoni va qirollik oilasi a’zolari tomonidan inson huquqlari buzilishlari haqida xabar berib borgan. Al Jazer Dubayda qo‘lga olingan va Saudiya Arabistoniga keltirilgan.

Jurnalistning o‘ldirilishi saudiyalik boshqa bir jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgandan bir oy o‘tib amalga oshirilganligi ta’kidlanmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:16
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™