Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Xitoylik ayol o‘g‘lining komadan uyg‘onishini 12 yil kutdi
Xitoylik erkak 12 yillik komadan keyin o‘ziga keldi, bu vaqt davomida uning boshida onasi turdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Van Shubao ismli erkak 2006-yilda avtohalokatga uchragan. O‘shanda u 36 yoshda bo‘lgan. Jarohat sababli erkak falaj bo‘lib qolgan va komaga tushgan.

Uning onasi u halokatga uchragan vaqtda 63 yoshda bo‘lgan, o‘g‘lini uyiga olib borgan va unga g‘amxo‘rlik qilgan. 12 yil davomida ayol o‘g‘lini davolash uchun barcha jamg‘armalarini ishlatib bo‘lgan, qarzga botgan va bir oy davomida faqat suv ichishga majbur bo‘lgan, chunki ovqat sotib olishga puli qolmagan.

Urinishlar bejizga ketmagan. Ba’zi vaqtlarda erkak ko‘zini ochgan va tabassum qilgan. Erkak hali harakat qilmayotgan va gapirmayotgan bo‘lsa ham, ayol ishonchga to‘la.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™