Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
G‘alati anomaliyali qadimiy kishilarning qoldiqlari topildi
Vashington universiteti mutaxassislarining aniqlashicha, pleystosen davrida yashagan qadimiy odamlarning ko‘pchiligida anomal rivojlanish kuzatilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Arxeolog Erik Trinkaus 66 ta qadimiy tosh qotgan odamning ma’lumotlarini o‘rgangan va tahlil qilgan. Qoldiqlarning yoshi 200 ming yildan oshadi. Bu odamlarning pleystosen davrida yashaganini anglatadi. Bu davr 2,6 million—11700 yil avval bo‘lgan.

Olimning ma’lumotlariga ko‘ra, 66 ta tosh qotgan qoldiq orasidan yettita anomal rivojlanish topilgan. Bunday holat zamonaviy dunyoda odamlarning bir foizidan kamrog‘ida uchraydi.

Trinkausning fikricha, bunday anomal yuqori ko‘rsatkich qarindoshlarning qo‘shilishi bilan bog‘liq.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™