Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Norvegiyada sovuq urushdan keyingi eng yirik harbiy mashg‘ulotlar yakunlandi
Norvegiyada sovuq urush tugaganidan keyingi NATO’ning eng yirik harbiy mashg‘ulotlari o‘z nihoyasiga yetdi. Alyans rahbariyati mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlamoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

O‘z navbatida Norvegiya bosh shtabi rahbari harbiylarning mashg‘ulotlarda qiziqish bilan ishtirok etganini qayd etgan.

Trident Juncture mashg‘ulotlari 25-oktabrdan 7-noyabrgacha Norvegiya hududida, Boltiq dengizida va shimoliy Atlantikada bo‘lib o‘tdi.

NATO mashg‘ulotlarni 1991-yildan buyon o‘tkazilgan eng yirigi deb atamoqda. YXHTning barcha mamlakatlariga, shu jumladan, Rossiyaga mashg‘ulotlarga o‘z kuzatuvchilarini yuborishi uchun taklifnoma jo‘natilgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™