Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Malayziyaning Serba Dinamik kompaniyasi O‘zbekistonda 250 mln dollarlik kaustik soda zavodini qurmoqchi
Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sunnatulla Bekenov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Malayziyaning Serba Dinamik kompaniyasi vitse-prezidenti Palendran Palachandran bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

Uchrashuv davomida Malayziya kompaniyasining Hazorasp EIZda kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 250 million dollarlik investitsion loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Palachandranning bildirishicha, dekabr oyida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv va 2019-yil aprelda investitsion kelishuv imzolanadi. Loyihani amalga oshirish muddati investitsion kelishuv imzolangan kundan boshlab 18 oyni tashkil etadi.

Kompaniyadagilarning xabar berishicha, loyiha qiymati 250 million dollarni tashkil etadi, 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulot eksportga mo‘ljallanadi.

Kaustik sodani ishlab chiqarishdan keyingi sanoat chiqindisi bo‘lgan xlor Shimoliy Afrika mamlakatlariga eksport qilinadi.

Serba Dinamik kompaniyasi neft-gaz va energetika sanoatiga texnologik qurilmalar yetkazib berish va injenerlik xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Indoneziya, Saudiya Arabistoni, BAA, Buyuk Britaniyada faoliyat olib boradi.

Kompaniyaning Malayziya bozoridagi hajmi 1 milliard dollarga yaqin bo‘lib, xodimlari soni 1,5 mingdan oshadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 10:18
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™