Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Norov: kelasi yil O‘zbekistonga Janubiy Koreya prezidenti tashrif buyuradi
O‘zbekistonga kelasi yil Janubiy Koreya prezidenti tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Seuldagi “Forum Koreya — Osiyo 2018” xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Norovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Seul o‘rtasidagi siyosiy ishonch va o‘zaro hamjihatlikning yuqori darajasi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi.

“Bizning mamlakatimizda Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga kelasi yildagi javob tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha eng yuqori darajada zarur tadbirlar olib borilmoqda”, — dedi u.

Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkentda 29—30-noyabr kunlari Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Shimoliy iqtisodiy siyosat qo‘mitasi va Xanyang universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston-Koreya: kelajak tasavvuri” seminari o‘tkaziladi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 15:05
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™