Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
O‘zbekiston va Rossiya sinov loyihasi doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ustida ishlaydi
O‘zbekiston va Rossiya sinov loyihasi doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ustida ishlaydi. Bu haqdagi kelishuvga O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Moskvaga safari chog‘ida erishildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Biz hamkorligimizning foydalanilmagan salohiyatini ishga solishimiz — savdo aylanmasini keskin oshirishimiz va diversifikatsiyalashimiz kerak. Aynan shu sababli davlatlarimiz rahbarlari bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollargacha yetkazish zarur deb hisoblaydi”, — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Federatsiya Kengashidagi muzokaralarda.

“Sizning mahsulotni, ayniqsa, uchinchi mamlakatlar orqali olib keladigan ishlab chiqaruvchilaringizda ko‘pincha pulni O‘zbekistonga qayta o‘tkazish bo‘yicha muammolar paydo bo‘ladi. Ularga turli tuzilmalar ma’lum bir sxemalarni taklif qiladi. Ba’zan bu sxemalar kriminaldir. Ustiga-ustak ular bunda pul ham yo‘qotadi”, — dedi Federatsiya Kengashining agrar va oziq-ovqat siyosati bo‘yicha qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sergey Lisovskiy.

Natijada parlamentariylar sinov loyihasini yaratishga hamda O‘zbekiston va Rossiyaning bir nechta hududlari misolida milliy valyutada hisob-kitoblarni ishlab chiqishga kelishib oldi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 15:06
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™