Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Monakoda sud rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlevga nisbatan ayblov e’lon qildi
Monakoda sud rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlevga nisbatan ayblov e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Ribolovlev sud nazorati ostida qoldirilgan holda hibsdan ozod etildi.

Bundan tashqari, advokat Tatyana Bersheda, shuningdek, Monako sobiq adliya vaziri Filipp Narminoning rafiqasi va o‘g‘liga nisbatan ham ayblovlar ilgari surildi.

Prokuror aynan qanday ayblovlar qo‘yilganini hozircha bilmasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik biznesmen Dmitriy Ribolovlev Monako prokuraturasi so‘rovi bilan 6-noyabr kuni ertalab hibsga olindi. Biznesmen korrupsiyada va o‘z nufuzidan foydalanganlikda gumon qilinmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 15:07
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™