Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Gollivuddagi shon-shuhrat xiyobonida Trampning yulduziga zarar yetkazgan shaxs 3 yilga qamaldi
Gollivuddagi shon-shuhrat xiyobonida Donald Trampning yulduziga zarar yetkazgan Ostin Kley shartli ravishda uch yil ozodlikdan mahrum etish jazosini oldi, deb xabar berdi “RBK”.

Bundan tashqari, u jamoat ishlariga ham jalb etiladi. Shuningdek sud tomonidan yulduziga zarar yetkazgani uchun Gollivud savdo palatasiga 9,5 ming dollar atrofida jarima to‘lashi ham belgilandi.

Kley o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. Shon-shuhrat xiyobonidagi Trampning yulduziga zarar yetkazilgani 25-iyulda ma’lum bo‘ldi. U yulduzni kichik metall bo‘lagi bilan tirnagan. Shuningdek, Donald Trampning ismi yozilgan peshtaxtaga ham zarar yetkazilgan.

1,5 soatdan so‘ng qilmishiga iqror bo‘lgan erkak politsiyasi uchastkasiga kelgan.

Shon-shuhrat xiyobonida Trampning yulduzi 2007-yilda, u “Nomzod” realiti-shousiga prodyuserlik qilgani uchun o‘rnatilgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 15:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™