Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Xitoylik olimlar yaralarni chandiqsiz bitkazuvchi gelni ixtiro qildi
Xitoylik bir guruh olimlar ipak proteini asosida yangi gel yaratdi. Ushbu gel jarohat va yaralarni chandiqsiz bitkazadi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Olimlar o‘z ishlanmalari uchun ipak tolalarida mavjud bo‘lgan seritsin moddasidan foydalandi.

Gel teri to‘qimalariga tez birikadi, organizmning immune reaksiyasini keltirib chiqarmaydi, yallig‘lanishni bartaraf etib, yangi qon tomirlarini yuzaga keltiradi.

Bunda gel teri to‘qimalari ishini shunday tashkil etadiki, jarohat joyida chandiq emas, yangi teri o‘sadi.

Gel antiseptik xususiyatga ega bo‘lib, bakteriyalarni yaraga tushirmaydi, bu esa yaraning tez bitishiga olib keladi.

Olimlar o‘z ishlanmalarini bugungi kunda yaralarni tez bitiruvchi eng samarali vosita ekanligini ta’kidlamoqda. Ular yangi ishlanma barcha tekshiruvlardan o‘tkazilganidan so‘ng tibbiyotga keng qo‘llanila boshlashiga umid qilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 15:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™