Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Tramp AQSh bosh prokurorini ishdan bo‘shatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Metyu Uitakerni Jeff Seshns o‘rniga bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Adliya vazirligi apparat rahbari Metyu Uitaker AQSH bosh prokurori vazifasini bajaruvchi bo‘ladi”, — deya ma’lum qilgan Tramp Twitter’dagi sahifasida va Seshnsga mazkur lavozimdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.

AQSh prezidenti bosh prokuror lavozimiga nomzod nomi keyinroq ma’lum qilinishini ta’kidlagan. Seshns esa prezident iltimosiga ko‘ra iste’foga chiqayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, AQShning 84-bosh prokurori bo‘lgan Jeff Seshns 2017-yil fevralida ushbu lavozimga tayinlangandi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 20:31
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™