Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Andijonda o‘z o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota jazoga tortildi
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi Q.Q. o‘zining o‘g‘li A.O.ga yashirincha shar’iy nikoh o‘qigan, deya xabar berdi “Xalq so‘zi Online”.

Ma’lum bo‘lishicha, A.O. muqaddam uylangan va bir nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari kelishmaganligi sababli o‘zaro ajrashgan, biroq bu holat rasman qayd etilmagan. Shunday bo‘lishiga qaramay ota o‘z o‘g‘lini uylantirish payida bo‘lgan. Mutasaddi idoralar, jumladan, masjid vakillari bu holatda shar’iy nikoh o‘qish mumkin emasligini aytibgina qolmasdan, uning salbiy oqibatlari haqida ham tushuntirish berganlaridan so‘ng, Q.Q. o‘zi nikoh o‘qishga qaror qiladi.

O‘z o‘g‘liga yashirincha nikoh o‘qigan ota – Q.Q.ga nisbatan ham Paxtaobod tuman ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jazoga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga binoan shar’iy nikoh o‘qish diniy ma’lumotga ega bo‘lgan vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buning uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining ruxsati kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasiga muvofiq nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Tegishli idora ruxsatisiz shar’iy nikoh o‘qigan har qanday fuqaro, mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida javobgardir.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 20:31
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™