Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
​Shohjahon Ergashevning prof ringdagi navbatdagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashevning 15-jangidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.

10-noyabr kuni Ergashev o‘zining navbatdagi jangida amerikalik Zak Remziga qarshi ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Zak shu kungacha professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (2 ta nokaut).

Shohjahon esa professional boksdagi faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 13 ta jangda u muddatidan oldin g‘alaba qozona olgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 20:32
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™