Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Avstraliyalik Robin Denxolm Tesla direktorlar kengashi raisi etib tayinlandi
Tesla kompaniyasining direktorlar kengashi raisi etib avstraliyalik Robin Denxolm tayinlandi. Bunga qadar ushbu lavozimda Ilon Mask faoliyat yuritgan, deb yozadi Meduza.

Denxolm esa ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Avstraliyaning Telstra yirik telekommunikatsion kompaniyasida ishlagan.

Kelgusi olti oy uning uchun rasmiy o‘tish davri bo‘ladi. U Telstra’da ish topshiradi, Ilon Mask esa unga yangi kompaniyadagi vazifalarini bajarishga kirishishida yordam beradi.

Avgust oyi avvalida Ilon Mask Twitter’dagi sahifasida Tesla aksiyalarini birja orqali sotishni rejalashtirayotganini yozgandi. Shundan so‘ng ularning narxi birdan ko‘tarilib ketdi. Bir necha kundan so‘ng Mask bu fikridan qaytganini yozdi.

AQSh qimmatbaho qog‘ozlar komissiyasi Ilon Maskning ushbu harakatini investorlarni aldash sifatida baholadi. Komissiya qaroriga ko‘ra, Mask kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi. Bundan tashqari, Tesla va Ilon Mask 20 million dollar jarima to‘lashi belgilandi.

Mask kompaniyaning bosh direktori lavozimida qoladi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 20:32
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™