Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Nukus shahrida uch yulduzli “Toshkent” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu xayrli ishdan so‘ng Qoraqalpog‘istonda mehmonxonalar soni 32 taga yetdi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra hududda 8 mehmonxona, 3 o‘tovli uy, 2 transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Mo‘ynoq tumani hokimligi taklifi bilan Sudochye ko‘li atrofida dam olish maskani tashkil qilinmoqda. Bu yerda ham o‘tov mehmonxona qurish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tashabbuskorlar tomonidan Nukus shahridagi Achchiq ko‘l bo‘yida sayyohlik majmuasi qurilishi belgilangan. Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l yaqinida zamonaviy 3 qavatli mehmonxona qurish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda Aqchako‘l hududida 9 o‘tovli uy, oshxona qurilgan. Ularga kater, gidroskuter va katamaranlar keltirilgan. Bundan tashqari, Qanliko‘l tumanida baliq yetishtirish uchun sun’iy ko‘l tashkil qilingan bo‘lib, mazkur ko‘l o‘rtasidagi kichik orollarda o‘tovli uylar tashkil qilingan.

Qoraqalpog‘istonda hozirda qadimiy yodgorliklar – Ayozqal’a va Tuproqqal’ada, hatto Nukus shahridan 400 kilometr olisdagi Orol dengizi bo‘ylarida ham o‘tov mehmonxonalar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida esa ilk bor uy mehmonxonalari tashkil qilindi.

Ushbu 11 qavatli inshoot ko‘p yillardan buyon foydalanilmasdan turgandi, – deydi Nukus shahri hokimi Paraxat Toreshov. – Bo‘sh turgan bu bino tegishli tartibda tender savdosiga qo‘yilib, “Kkrasi beton” xususiy korxonasi tomonidan investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotib olindi. Mana, qisqa fursatda 63 o‘rinli premium-klass xonalarga ega mehmonxona foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturining dastlabki qiymati 3 milliard 200 million so‘m belgilangan edi. Lekin tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan kiritilgan investitsiya miqdori 8 milliard so‘mni tashkil qildi.

Yangi mehmonxonada 30 yangi ish o‘rni yaratildi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 20:33
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™