Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
O‘zbekistonda 140 mln dollarlik issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish loyihasi start oldi
Jahon banki vakolatxonasi rahbari Xideki Mori ishchi tashrif bilan Buxoroga bordi, deb yozadi Spot.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev bilan uchrashuvda munitsipal suv ta’minoti va sanitariya sohasidagi joriy loyihalarni, shuningdek, shahar issiqlik ta’minoti tizmining energiya samaradorligini oshirish borasidagi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Jahon banki moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshiriladigan “Markazlashgan issiqlik ta’minoti energiya samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish” loyihasiga start berildi (Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 140 million dollarlik krediti hisobidan).

Loyiha Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Chirchiqda 2000 dan ortiq ko‘p xonadonli uylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, shu jumladan, bolalar bog‘chalari, maktablar va kasalxonalarni energiya samaradorli issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti tizimlariga ulashda yordam beradi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 20:33
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™