Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
O‘zbekistonga 822 kg pirotexnika vositasi olib kirilishining oldi olindi
“Keles” temir yo‘l chegara-bojxona posti va DXX Chegara qo‘mitasi xodimlari O‘zbekistonga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishining oldini oldi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida vagonlarga yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan 822 kilogramm og‘irlikdagi pirotexnika vositalari ortilganligi ma’lum bo‘ldi. Egasiz tarzida olib kirishga urinilgan 6 nomdagi 16 ming 448 dona pirotxenika vositasining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 164 million so‘mdan oshmoqda.

Bundan tashqari ushbu vagonda 13 nomdagi 1300 donadan ortiq sifati kafolatlanmagan dori-darmon hamda 15 nomdagi 497 dona parfyumeriya vositasi ham noqonuniy ravishda olib kirilayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:51
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™