Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Rossiyalik chegarachilar tojikistonlik muhojirlarni soqolni olib tashlashga majbur qilmoqda
Tojikistonlik mehnat muhojirlari Rossiyada yashash muddatini uzaytirish uchun har uch oyda mamlakat chegarasini kesib o‘tishi kerak. Ular ko‘pincha Ukraina yoki Qozog‘istonga chiqib keladi, deb yozmoqda TJournal.

Tojikistonlik muhojir Zuhriddin G‘iyosov bir necha kun avval Rossiya—Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish chog‘ida rossiyalik chegarachilar tomonidan to‘xtatilgan. Chegarachilar undan va uning sherigidan soqollarini olib tashlashni talab qilgan.

Muhojirning aytishicha, nazorat postiga 300 kilometr qolganda, taksi haydovchisi ulardan ixtiyoriy sartaroshxonaga kirib, soqollarini oldirishni so‘ragan va bu ahvolda chegarachilar ularni o‘tkazmasligini aytgan. Biroq muhojirlar haydovchining gapiga quloq solmasdan, yo‘lda davom etishni so‘ragan.

Ular Rossiyaning Orenburg viloyati va Qozog‘iston o‘rtasidagi Mashtakovo chegara postiga kelganda, chegarchilar ulardan soqollarini olib tashlashni talab qilgan. Muhojirlar soqollarini olib tashlagandan keyingina chegarani kesib o‘tishga ruxsat berilgan.

Mazkur chegara postidan ko‘p sonli tojikistonlik mehnat muhojirlari o‘tadi va chegarachilar ularning shaxsini ishonchli ravishda tasdiqlash uchun ulardan soqollarini olib tashlashni so‘raydi.

G‘iyosovning aytishicha, chegarachilar buning biror bir yangi qoida yoki topshiriq ekanligini aytmagan, shunchaki soqolni olib tashlashni so‘ragan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:51
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™