Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Dubay amirining qizi saroydan qochishga sobiq josus bilan 7 yil tayyorlangan
Mamlakatdan qochishga uringan Dubay amirining qizi hikoyasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Bi-bi-si” ning “Dubaydan qochish” deb nomlangan hujjatli filmida hikoya qilinadi.

32 yoshli Latifa bin Muhammad al-Maktum — Birlashgan Arab Amirliklarining vitse-prezidenti Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi . U 16 yoshida ham qochishga uringan, biroq chegarada qo‘lga tushgan. Shundan so‘ng u uch yil qamoqxonada o‘tirgan, u yerda qiynoqqa solingan.

Malika bu safargi qochishga juda ehtiyotkorlik bilan tayyorgarlik ko‘rgan. U 2011-yilda Fransiya harbiy razvedkasi sobiq agenti Erve Jober haqida internetda o‘qigan. Sobiq agent 2008-yilda hukumat bilan kelishmovchilikdan so‘ng BAAdan qochishga majbur bo‘lgan. Latifa elektron pochta orqali u bilan bog‘lanib, undan maslahat so‘ragan. Ular muntazam yozishib turgan va qochish logistikasini muhokama qilgan.

2014-yilda Latifa finlyandiyalik kapoeyri murabbiyi Tina Yauxiyaynen bilan tanishadi. U malikaning murabbiyi va yaqin dugonasiga aylanadi. U qochishni tayyorlashga yordam bergan va bir necha marta Jober bilan uchrashish uchun parvoz qilgan.

2018-yilning martida Latifa erta tongda uyg‘onib, dugonasi Yauxiyaynen bilan uchrashadi. Uchrashuvdan so‘ng kiyimini o‘zgartirib, qora ko‘zoynak taqadi. Ikkalasi mashinada qo‘shni Ummonga jo‘naydi. U yerda dam solinadigan qayiq va gidrosiklga chiqib, ochiq dengizda bir necha soat suzadi. Sohildan 40 kilometr masofada ularni yaxtada Jober kutgan.

Yaxta bir necha kun Hindistonning Goa shtatida suzgan. Hindiston sohillariga 50 kilometrga yaqin masofa qolganda kema bortiga qurollangan odamlar chiqib, shayxning qizini olib ketgan. Shundan keyingi voqealar noma’lumligicha qolmoqda. Latifa qo‘lga tushgandan so‘ng do‘stlari bilan muloqot qilmagan, uning Instagram’dagi akkaunti o‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latifa bin Muhammad al-Maktum mamlakatdan qochishga besamar urinishlaridan so‘ng, dom-daraksiz yo‘qolib qolganligi haqida xabar berilgan edi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:51
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™